Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 5 nafar koronavirusga chalingan bemor 4-iyun kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tuzalganlarning barchasi viloyatning o‘zidan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 42 yoshda, yoshi kichigi 15 yoshda.

Hozirda viloyatda jami kasallik qayd etilganlar soni 364 nafarni tashkil etmoqda. Bugun 5 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 314 nafarga yetdi. Davolanayotganlar soni esa 48 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun Qoraqalpog‘istonda 4 kishi, Toshkentda 64 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqqandi. Shunday qilib, bugun 73 nafar bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan sog‘ayganlar 3 087 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 4-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 3 909  kishini tashkil qilmoqda, bemorlarning 16 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.