O‘zbekistonda 10-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 44 nafarga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 4591 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 12 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida (Toshkent viloyatida — 2 nafar, Sirdaryo viloyatida — 8 nafar va Xorazm viloyatida — 2 nafar);
  • 12 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 6 nafar, Sirdaryo viloyatida — 3 nafar, Samarqand viloyatida — 2 nafar, Xorazm viloyatida — 1 nafar) qayd etildi.

Kun davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan 45 nafari sog‘ayib, ularning umumiy soni 3504 nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekistonning to‘qqiz hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 18 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.