Yosh milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi – Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi yaqindagina amalga oshirgan olamshumul hodisasidan deyarli butun dunyo xabar topdi. Crew Dragon kutilgan natijani berdi va endi u kosmosda o‘z o‘rniga ega ruslarning “Soyuz”iga taqqoslanmoqda. “Daryo” Meduza’da e’lon qilingan mavzuga oid maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

Odamlar SpaceX Falcon 9 raketasini 2020-yil 30-mayda Florida shtatining Titevil shahrida Keyp-Kanaveraldan uchishini tomosha qilish uchun Max Brewer ko‘prigiga yig‘ilmoqda.

Foto: AFP

Crew Dragon raketasining ekipaj bilan XKSga uchirilishi tarixiy voqea deyilganda, ko‘pchilik nega aynan undayligini so‘ramoqda. Aslida bu parvoz fan yoki texnika olamida hech qanday revolyutsiya emas; “Artemida” loyihasi doirasida 2023–2024-yilgacha amerikalik fazogirlarning Oyga parvozi kuzatilmaydi. Bularning barchasi insoniyat tomonidan allaqachon amalga oshirilgan ishlar.

Parvoz sarflangan texnologiyalarni ham qaytarmadi: oxirgi o‘n yillikda Amerikaning boshqariladigan kemalari fazoga uchmaganida ham Rossiyaning “Soyuz”chilari doimiy ravishda XKSga chiqib turishdi, qolaversa, XXRning ham kosmonavtlari bu paytda kosmosda “ko‘rinish berdi”. Biroq Crew Dragon parvozi tashkiliy nuqtayi nazardan katta yutuq bo‘ldi – 30-may kuni SpaceX rasmiy ravishda dunyodagi birinchi xususiy kompaniya sifatida u boshqariladigan kosmik transport vositasiga va uni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqiga ega bo‘ldi. Bu boshqariladigan parvozlar kelajagini tubdan o‘zgartirmoqda. Kompaniya eng so‘nggi Starship kemasi uchun eng yaxshi amaliyotlarni qo‘llamoqda, demak biz kosmonavtikada tub burilish kutsak bo‘ladi.

Xususiy kosmik kema qanday qilib orbitaga chiqa oldi?

Parvozlarning biznes sifatida shakllanishi Rossiyada paydo bo‘lgan. 90-yillarning oxiriga kelib, Rossiya “Mir”ni sayyohlik parvozlari va tijoriy eksperimentlar uchun mo‘ljallangan xususiy orbital stansiyaga aylantirishni rejalashtirgan edi. Aslida 2001-yilgi suv toshqinigacha “Mir” MirCorp korporatsiyasi tomonidan (“Energiya” Kosmik raketa korporatsiyasi bilan birgalikda) boshqariladigan xususiy kosmik mehmonxona edi.

Keyin rus kompaniyasi bunday ishni XKSda amalga oshirmoqchi bo‘ladi: “Soyuz” ekipajida boshqa kosmik agentliklari va turli davlat kosmonavtlari (Braziliya, Malayziya, Janubiy Koreya) va sayyohlar u yerga parvoz qilgan. XKS uchun ikkinchi fan va energiya moduli federal kosmik dasturidan o‘chirilganda, “Energiya” kosmonavtlarni yetkazish bo‘yicha NASA bilan tuzgan shartnomasini kompensatsiya qilish maqsadida Rossiya segmentida tijoriy modul yaratib, “Soyuz” kemasida turistlarni XKSga olib chiqishni taklif qildi.

Space Advantures kompaniyasi bilan birgalikda turistlarni zamonaviy “oylashgan Soyuz” kemasida Oy atrofiga jo‘natish rejalashtirildi. Ammo ikki sababga ko‘ra bu kosmik tijoriy loyiha to‘xtab qoldi: 2014-yilda Amerikaning Rossiyaga nisbatan qo‘llagan sanksiyasi tufayli “Energiya” tashqi investitsiyalar jalb qila olmadi. Shunday qilib, kompaniya davlat tomonidan sotib olindi va Federal kosmik agentlik likvidatsiyasidan so‘ng yangi tuzilgan “Roskosmos” davlat korporatsiyasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Foto: NASA

Bu paytda AQShda ishlar besh edi. 2010-yilda prezident Barak Obama Xalqaro kosmik stansiya dasturi doirasida tijoriy boshqariladigan kosmik kemalar yaratish qaroriga imzo chekdi. U AQShning hozirgi va kelajakdagi fazoviy boshqaruvli parvozlarini har tomonlama tahlil qilgan mustaqil “Avgustin komissiyasi” xulosalariga tayangan. Komissiyaning tavsiyalaridan biri xususiy mulk egalariga orbitaning quyi qismini sotish edi.

Prezidentning ko‘rsatmalarini olgandan keyin NASA sanoat pudratchilari bilan ishlashning eng muhim prinsipini o‘zgartirdi: ilgari davlat agentligi kosmik uskunalariga buyurtma bergan va sotib olgan, keyinchalik u foydalangan, ammo endi NASA XKSga yuk va kosmonavtlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. Asosiy farq shundaki, endi barcha jihozlar pudratchilarning xususiy mulkiga aylandi, ular uni o‘z xohishiga ko‘ra ishlatishi mumkin bo‘ldi. Shunday ekan, SpaceX kompaniyasining Crew Dragon va Boeing korporatsiyasining Starliner kemalari kompaniyalarning o‘ziga tegishli va ular uni boshqa buyurtmachilar parvozi uchun ham ishlatishlari mumkin.

Ilon Mask shu zahotiyoq Marsni kolonizatsiya qilish orzusidagi milliarderdan insonlarni kosmosga yuborgan birinchi xususiy kompaniya rahbariga aylandi. SpaceX davlat bilan hamkorlik qilgani (hukumat tomonidan moliyalashtirish, NASA texnik hisobotlari, Amerika sanoatining barcha kuchi) qancha ko‘p aytilmasin, ko‘pchilikning nazarida hozirgi kosmik tadqiqotlar quyidagicha ko‘rinadi: SSSR, AQSh, Xitoy, Ilon Mask (SpaceX).

Crew Dragon kelajakni qanday qilib o‘zgartiradi?

Ehtimol, yangi fazoviy kemalarning paydo bo‘lishi XKSning umrini uzaytiradi. Stansiyaning xalqaro loyihasida dastlab odamlarni fazoga olib chiqish uchun transportni ko‘paytirish kerak, deb o‘ylanardi, ammo hozir ular uchta – ekipajni olib chiqish va qaytarish ikki Amerika va bir rus raketasida amalga oshirilishi mumkin. Bu stansiya dasturiga ijobiy ta’sir qiladi: ilmiy va tijoriy vazifalar samaradorligi oshadi. 2009–2020-yillar oralig‘ida XKS ekipaji olti kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi yettita bo‘ladi (Shtatlarning kemasida 4, ruslarnikida esa 3 kishi), qolaversa, AQShda ham, Rossiyada ham tijoriy dastur doirasida parvozlar amalga oshiriladi.

SpaceX Falcon 9 raketasi biriktirilgan Crew Dragon kemasi.

Foto: SpaceX

Endilikda hamkorlar XKSning ishlashini 2024-yilgacha davom etishiga kelishib oldi. Loyihaning asosiy integratori bo‘lgan AQShda uning kelajagi haqida munozaralar mavjud va SpaceX’ning muvaffaqiyati, shubhasiz, XKSning ishini 2030-yilgacha uzaytirish tarafdorlarining pozitsiyasini kuchaytirdi. Katta ehtimol bilan AQSh birinchilikni Xitoyga berib qo‘ymaydi, uning orbital stansiyasi 2023-yilga qadar Yerning quyi orbitasida yig‘iladi.

Shu sababli dekada oxiriga qadar fazoda kamida ikkita harakatlanuvchi stansiyalar paydo bo‘ladi. AQSh va Xitoy eng katta ilmiy va texnik potensialga ega davlatlar sifatida stansiyalarda amaliy va fundamental tadqiqotlar natijalarini olishlari mumkin, ammo eng muhimi bu ularni uzoq muddatli kosmik parvozlarga tayyorlaydi. Ikkala mamlakat ham sayyoralararo ambitsiyalarini yashirmaydi va ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.

Kosmik kemalar o‘zi qanday? Ularning qanday farqi bor?

Zamonaviy boshqaruvli kosmik kemalarni ikki toifaga ajratish mumkin:

  • quyi orbitaga moslashgan, birinchi kosmik tezlik bilan Yerga qayta oladigan (7,9 km/s atrofida);
  • kosmosga uzoq parvozlar uchun (hozircha faqat Oyga), taxminan ikkinchi kosmik tezlik bilan (11,2km/s) atmosferaga xavfsiz kirib boruvchi

O‘z navbatida tuzilishidagi farqlar ham mavjud: transport vositasining shakli, issiqlik boshqaruvi, boshqaruv tizimi, aloqa tizimi, elektron qismlarning radiatsiyaviy barqarorligi talablari, bortda yonilg‘i ta’minoti va avtonom parvoz davomiyligi.

Quyi orbitaga (mavjud va rejalashtirilgan boshqaruvli kemalar) quyidagilar kiradi:

  • Amerikaning Crew Dragon va Starliner kemalari;
  • Rossiyaning “Soyuz” va “Оryol” kemasining birinchi varianti;
  • Xitoyga tegishli “Shenchjou” va nomsiz boshqaruvli kemasi;
  • Hindistoning “Gaganiyan” nomli fazoviy kemasi

Uzoq masofaga kosmik parvozlar uchun:

  • Orion (AQSh)
  • Оryol” kemasining keyingi avlodi;
  • Xitoyning hali nom olib ulgurmagan kemasining keyingi modifikatsiyasi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasida universal, ya’ni ham quyi orbitaga parvoz qila oladigan, ham uzoq masofaga parvoz qila oladigan ko‘p martalik Starship kemasi loyihasi ham mavjud. Bundan tashqari, Mask kemaning turli xil samoviy jismlarga qo‘na oluvchi inqilobiy qobiliyatini va’da qilgan. Bunday kemaning tayyorlanishi xuddi uning imkoniyatlari kabi shubha ostiga olinmoqda, hozirda boshqaruvli kemalar faqatgina Yerga qo‘na oladi, boshqa yirik samoviy jismlar (Oy va Mars)ga qo‘nish uchun unga jismlarning gravitatsion va atmosfera parametrlari hisobga olingan holda tayyorlangan alohida modul kerak bo‘ladi.

Eng muhimi shundaki, universal kemalarni zamonaviy tushunchada tayyorlash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Bu xuddi mixlarni oltin bilan urishdek gap. Ammo tushunish uchun shuni ta’kidlash kerakki, quyi orbita kemasi bilan Oyga uchmaslik kerak, chunki ekipaj halokatga uchraydi: uning Oy yaqinidagi orbitaga kirishi yoki qaytishi uchun yoqilg‘i bo‘lmaydi. Agarda u Yerga qaytishi mumkin bo‘lsa ham qaytib tushgan apparatning shakli va issiqlik himoyasi bunga dosh berolmasdan qulashi aniq. Ammo Oyga uchuvchi kemada quyi orbitaga uchish mumkin, masalan, 70-yillarda amerikaliklar “Apollon”ning qolgan oyini Skylab orbital stansiyasiga uchta parvozda va 1975-yilda Sovet “Soyuz”i bilan birgalikda parvoz qilishda ishlatgan.

Boeing Starliner, yumshoq yostiqqa Uayt Sandsda (Nyu-Meksiko, 2019-yil 22-dekabr) tushgandan keyin.

Foto: NASA

SpaceX’ning yangi kemasi “Soyuz”dan ko‘ra yaxshiroqmi? Crew Dragon va uning raqibi Starliner o‘rtasidagi farq nima?

2010-yilda NASA Rossiyaning “Soyuz” transport xizmatidan voz kechish maqsadida XKSga parvozni amalga oshiruvchi quyi orbita kosmik kemalari uchun tanlov e’lon qildi. Shuning uchun ushbu ikki kemaning xususiyatlarida o‘xshashlik mavjud. Shunday bo‘lsa-da, bir qancha muhim farqlar bor:

Birinchidan, yangi tijoriy kemalar sezilarli darajada og‘ir. Crew Dragon’ning og‘irligi – 12 tonna, Starliner – 14 tonna, o‘sha paytdagi “Soyuz” esa ikki baravar yengilroq – 7 tonna. Taxminan 7 tonna massa “yettilik”ning o‘rta sinfining mavjud bo‘lgan ishlatilgan raketalarining imkoniyatlari bilan izohlandi. Zamonaviy boshqaruvli “Soyuz MS” hali-hanuz “Soyuz-2”da uchadi. Crew Dragon va Starliner’ning og‘irligi kuchli va ko‘proq yuk ko‘taradigan Falcon 9 va Atlas V raketalari tufayli. Bu ko‘proq yuk olib chiqishga va olib tushishga imkon beradi.

Ikkinchidan, ularda joy ko‘proq: rus kemalaridagi uch o‘rinning o‘rniga hozirda to‘rtta joy mavjud. Biroq ikkala yangi kema yuk o‘rniga yana uch kishini, ya’ni jami yetti kishini qaytarishi mumkin bo‘lgan paytda qutqaruv rejimini anglatadi. Ushbu funksiya favqulodda holatlarni ko‘zlab o‘rnatilgan, masalan, stansiyadagi biror kemaga zarar yetsa, uning ekipaji Crew Dragon va Starliner’ga o‘tib olishi mumkin bo‘ladi.

Uchinchidan, AQSh kemasozlari ushbu kemalarini uy jihozlari bilan ta’minlamagan. “Soyuz” – “Zond” loyihasi doirasida Oyga uchuvchisiz rejimda yetib borgan “Soyuz 7K-L1” kemasining kenja avlodi. Uy-ro‘zg‘or buyumlari dastavval nafaqat yashash uchun qulaylik sifatida, balki yopiq xona sifatida ham ishlatilgan, kemalar birlashgandan so‘ng, ikki kosmonavtning boshqa kemaga o‘tishi ochiq fazoga chiqish bilan bajarilar edi (1969-yilgi “Soyuz-4”, “Soyuz-5” kemalari). Keyinchalik shlyuzdan foydalanishga hojat bo‘lmadi, ammo kemaning asosiy tuzilishi o‘zgarmadi. Texnik xususiyatlarga ko‘ra, Crew Dragon va Starliner kemalari quyi orbita qisqa parvozlari uchun yaratilgan, shuning uchun loyihada maishiy bo‘linma ishlanmagan va hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlari, shu jumladan, hojatxona kabinasi Yerga qaytib keladigan qurilmaga o‘rnatilgan.

To‘rtinchidan, yangi kemalarda obtekatellar yo‘q va qutqaruv tizimlari boshqacha tarzda amalga oshiriladi. Ro‘zg‘or buyumlaridan kechish, shuningdek, obtekatellardan kechish imkonini ham berdi va bu katta massani tejadi. Bunday qarorga kelinishining sababi shundaki, yangi kemalarda yangicha qutqaruv tizimi mavjud: uning vazifasi qo‘zg‘alishda muvaffaqiyatsizlikka uchralsa, ekipajni raketadan uzoqroqqa olib ketishdir. “Soyuz” kosmik kemasida favqulodda vaziyatlarda qutqarish tizimi obtekatellarga qo‘shilgan edi. Ammo Crew Dragon va Starliner kemasida ushbu qismlar qaytib tushuvchi qurilmaga o‘rnatilgan. Crew Dragon’ning o‘rnatish moslamasi qayta ishlatiladigan mexanik qopqoq bilan Starliner’da esa bir martalik ochiladigan qopqoq bilan himoyalangan.

Beshinchidan, kemalar tarkibi bo‘yicha farqlanadi. “Soyuz” uchta moduldan iborat: qisman nogermetik agregat bo‘lim, qaytib tushish vositasi va maishiy bo‘linma. Crew Dragon va Starliner’da esa ikkita: asbobiy agregat va qaytib tushuvchi qurilma. Ammo ikkisining o‘rtasida farq bor: SpaceX, Boeing’dan farqli o‘laroq, XKSga yuklarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomaga ega, shuning uchun boshqariladigan kema zudlik bilan nogermetik yuk bo‘linmasi bilan ishlab chiqilgan. Hozirda mavjud yuk tashuvchi raketa – Dragon yaqin orada Crew Dragon asosida ishlab chiqilgan yangi yuk tashuvchilarga joyini bo‘shatib beradi.

Soyuz МС-07.

Foto: “Roskosmos”

Va nihoyat, turli xil innovatsiyalar. Amerika sanoatining imkoniyatlari kemalar uchun yangi materiallardan, zamonaviy boshqaruv tizimlari va interfeyslardan (masalan, sensorli ekranlardan) foydalanishga imkon berdi. “Soyuz” kemalari ham muntazam ravishda XKSga astronavtlarni yuborgandan olgan puli evaziga rivojlanib bordi. Ammo Rossiyada “Soyuz” kompaniyasining tubdan o‘zgarishi uchun pul yo‘q, chunki ular “Оryol” kemasini yaratishga mablag‘ sarflab bo‘lgan edi.

Narx-navo qanday? Chipta qaysi birida arzonroq?

NASA bosh inspektori Pol Martinning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda bir fazogir uchun bitta o‘rindiq 80 million dollarga tushar edi. 2020-yilga kelib esa bu summa 90 million bo‘ldi. SpaceX kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Crew Dragon’da uchish esa 55 million dollarga teng bo‘ldi. Boeing’ning Starliner’i ham xuddi “Soyuz” kemasi kabi har bir astronavt uchun parvoz narxi 90 million dollarni tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, Amerika kemalarining narxlaridagi tafovut dastlab 2014-yilda, SpaceX NASA’dan 2,6 milliard dollarni, Boeing esa 4,2 milliard dollar – deyarli ikki baravar ko‘proq olganidan keyin yuzaga kelgan edi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, Ilon Mask kompaniyasi boshqariladigan kema ustida ishlashni boshlaganida Falcon 9 birinchi bosqichlarining yumshoq qo‘nishi va ularni qayta ishlatishni endigina rejalashtirilayotgan edi, shuning uchun NASA bilan tuzilgan shartnomada raketadan ham, kemadan ham bir martalik foydalanish belgilangan. Ammo Demo-2 missiyasi muvaffaqiyatli amalga oshgandan so‘ng NASA qaytib kelgan raketalarni qayta ishlatishga ruxsat berdi. Bu shartnoma summasida keltirilmagan, ko‘rinib turibdiki, SpaceX bu orqali anchagina daromad qiladi.

Nega Crew Dragon “Soyuz”ga qaraganda XKSdan uzoqroq uchadi? U sekinmi?

Shtatlarda ishlangan kosmik kema XKSga 19 soatda yetib boradi va bu “Soyuz” kemasi sarflaydigan (6 soat) vaqtdan ancha ko‘p. Bunga bir nechta sabablar bor: kosmik kema avtonom parvozda bir qator sinovlardan o‘tishi kerak edi, shuning uchun shoshilishdan foyda yo‘q. Shunday ekan, ushbu parvoz uchun XKS orbitasini to‘g‘irlamaslikka qaror qilishdi.

Yaqin kelajakda SpaceX kosmik kemalari stansiyaga tezroq yetib boradi. Ammo “Soyuz”lar bilan bo‘lgani kabi, agar kerak bo‘lsa, vaziyatni uzoqroqqa cho‘zish har doim ham mumkin.

Yangi kema aynan Mask o‘ylaganidek bo‘ldimi yoki amaldagi ish g‘oyadan farq qildimi?

Texnik vazifalar Crew Dragon’ning paydo bo‘lishini va ishlatilgan yechimlarni (va ishlatilmagan) oldindan belgilab qo‘ydi. Ularni NASA’ning talablari qanchalik cheklamasin, hisoblangan xavfsizlik darajasini qondirish o‘yi tushmasin, SpaceX va Boeing deyarli bir xil kema sxemasini tanladi. Shunday qilib, dastlab Ilon Mask Falcon 9 raketasining birinchi bosqichlarini qo‘ndirish tajribasiga asoslanib, qaytib kelgan Crew Dragon uchun eng sevimli reaktiv qo‘nishni ishlatmoqchi edi. Ammo ushbu qo‘nish usuli NASA’ning xavfsizlik talablariga javob bermadi va odatiy klassik uslub – parashyut orqali qo‘ndirish tanlangach, undan voz kechishga to‘g‘ri keldi.

Boeing sal noodatiy yo‘l tutdi: yerga qaytib keladigan kapsulani qo‘ndirish uchun shishirilgan yostiqchalardan foydalandi, albatta, bunda ular bir nechta jihatlarni unutgan edi. Bu uslub “Soyuz” kemasini Qozog‘iston quruqliklariga qo‘ndirishda ishlatiladi.

Nega boshqaruvli kosmonavtikada Rossiyaning yutuqlari haqida hech qayerda eshitilmayapti?

“Roskosmos”ning muammolari “Roskosmos”ning o‘zida va davlat korporatsiyasining asosiy mijozi bo‘lgan Rossiya hukumatining kosmik strategiyasida yotadi:

  • har o‘n yilda bir marta tasdiqlanadigan Federal kosmik dastur (FKP);
  • bir qator maqsadli dasturlar (shu jumladan, Mudofaa vazirligi orqali)

Strategiya bilan bog‘liq muammolar yangi avlodning “Оryol”(eski nomi – “Federatsiya”) kemasini yaratish loyihasi misolida yaqqol ko‘rinadi.

Muammolar strategiyani shakllantirishdan boshlanadi. Amerikaliklarni nima qilayotgani va nega bunday qilayotgani ma’lum: NASA’ning veb-saytida XKS uchun tijoriy kosmik kemalar – Dragon va Starliner yaratilishi bo‘yicha alohida, Oyni o‘rganish doirasidagi “Artemida” haqida alohida va albatta, Orion va SLS kema va raketalari haqida alohida bo‘lim bor.

Rossiyada rasman boshqariladigan Oy dasturi yo‘q, 2025-yilgacha federal dasturda unga faqat tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Roskosmos” va uning pudratchisi “Energiya” veb-saytlarida kemalar haqida bo‘limlari yo‘q, go‘yo u 11 yildan beri yaratilmagan.

“Оryol”ning nega yaratilgani ham aniq ko‘rsatilmagan. U xuddi Amerikaning 2021-yilda ekipajsiz Oyga parvoz qiladigan Orion kemasiga raqobatdosh sifatida ko‘rinadi. Hozirda “Оryol”ning Oy emas, quyi orbitik varianti loyihalashtirilgan va tayyorlanmoqda, unda bir qancha afzalliklar bor, kemaga ishlatilgan deyarli barcha narsa quyi orbita nurlanish sharoitiga mo‘ljallangan. Shunday qilib, ushbu kema bitib, uchta sinovdan o‘tgandan keyin (avtonom uchuvchisiz parvoz, ekipajsiz XKSga va odamlar bilan stansiyaga) umuman boshqa loyiha – Oy parvozi uchun kema loyihalashni boshlash kerak.

Uchish vaqti va kemaning quyi orbitik versiyasi muntazam ravishda o‘zgarib turishini hisobga olsak, rus kosmonavtlarining Rossiya raketasida uchirilgan Rossiya kemasidagi Oyga parvozlari umuman muammoli ko‘rinadi. Vaziyatdan chiqishning yo‘li bor, lekin u Oy dasturi bo‘yicha xalqaro hamkorlik va jamiyat uchun yanada aniq, izchil va ochiq kosmik strategiyani o‘z ichiga oladi.