Okeanshunos va NASA’ning sobiq astronavti Ketrin Sallivan Tinch okeanining Mariana botig‘ida joylashgan eng chuqur nuqta — Chellenjer chuqurligiga tushgan birinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: The New York Times

Ma’lum qilinishicha, 68 yoshli Sallivan 54 yoshli ishbilarmon va tadqiqotchi Viktor Veskovo bilan birga sho‘ng‘ishni amalga oshirgan. Ular 10 915 metr chuqurlikka tushgan va u yerda, taxminan, bir yarim soat davomida qolgan.

Mazkur sho‘ng‘ishdan keyin Sallivan o‘z taassurotlarini Xalqaro kosmik stansiya astronavtlari bilan bo‘lishgan.

Ketrin Sallivan uchta kosmik missiyada ishtirok etgan va 1984-yilda ochiq kosmosga chiqqan birinchi amerikalik ayol bo‘lgan.

Shu vaqtga qadar Chellenjer chuqurligiga atigi sakkiz kishi tushgan. Ulardan biri 2012-yilda Gollivud rejissori Jeyms Kemeron bo‘lgan.

Avvalroq SpaceX birinchi marta XKSga astronavtlarni uchirgandi va parvoz qilgan Crew Dragon XKSga muvaffaqiyatli tutashgandi.