O‘zbekistonda 12-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 78 kishiga ko‘payib, 4819 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlari:

  • 66 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
  • 5 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida;
  • 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan.

“Hozirda 1163 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.