O‘zbekistonda 12-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar yana 32 nafarga ko‘paydi va kasallanganlarning umumiy soni 4869 ga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 22 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida;
  • 5 tasi Toshkent viloyatida aholi orasida;
  • 5 tasi Rossiyadan ushbu viloyatdagi Zangiota chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval O‘zbekistonda 12-iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 18 nafarga ko‘payib, 4837 nafarni tashkil etgani xabar qilingandi.

2020-yil 12-iyun holatiga ko‘ra, kun davomida infeksiya yuqtirib olganlarning 121 nafari tuzalgan  va sog‘ayganlarning umumiy soni 3758 nafarga (77 foiz) yetgan. 15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. 1092 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.