O‘zbekistonda 12-iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 18 nafarga ko‘paydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 16 nafari Toshkent shahrida (shundan 14 holatda aholi, 2 holatda esa karantinda tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqaro orasida);
  • 2 nafari Litvadan Chinoz tumanidagi chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4837 nafarga yetdi. Hozirda infeksiya yuqtirib olganlarning 3700 nafari kasallikdan sog‘aygan. 15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 11-iyun soat 23:00 dan 12-iyun soat 10:00 gacha 78 kishida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.