Ushbu ro‘yxatdagi bolalar orasida 1 yoshga to‘lmasidan avval qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘lganlari ham bor.

Taymur Ali Xon

Foto: Getty Images

Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapurning o‘g‘li Taymur Ali Xon 2016-yil 20-dekabrda dunyoga kelgan va hamisha OAV diqqat markazida bo‘lgan. Saif Ali Xon bolalarni himoya qilish kunida Taymurga 186 ming dollarlik qizil Jeep Grand Cherokee SRT sovg‘a qilgan. Bu Taymurning birinchi qimmatbaho sovg‘asi emas, u 6 oylik bo‘lgani munosabati bilan ota-onasi bilan birga Shveysariyaga borish baxtiga muyassar bo‘lgandi.

Misha Kapur

Foto: Getty Images

Shahid Kapur va Mira Kapurning qizi Misha birinchi tug‘ilgan kunidayoq qimmatbaho sovg‘a — Londonga safar qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Adira Chopra

Foto: Getty Images

Adira — aktrisa Rani Mukerji va rejissor Aditya Chopraning qizi. U dunyoga kelishi bilan ota-onasi unga Mumbaydan bir emas, naqd ikkita uy tuhfa qilgan.

Aradya Bachchan

Ayshvariya Ray va Abxishek Bachchan 2012-yilda farzandli bo‘lgan va chaqaloqni Aradya deb atagan. Yulduzli oilaning erkatoyi bo‘lgan qizaloqqa birinchi tug‘ilgan kunidayoq qariyb 36 ming dollarlik Mini Cooper mashinasi sovg‘a qilingan.

Aryan va Suxan Xon

Foto: Getty Images

Bollivud qiroli Shohrux Xon esa farzandlariga qimmatbaho mashinalarni ravo ko‘​radi. U farzandlariga narxi 86 ming dollar bo‘lgan Audi A6 sovg‘a qilgan.