Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019-yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston respublikasidan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 37 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1854 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi viloyatning o‘zidan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pastdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 58 yoshda, eng kichigi esa 5 yoshda.

Endilikda viloyatda tuzalganlar 351 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3758 nafarni tashkil etayotgandi. Endilikda ular soni 3837 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 13-iyun soat 10:30 holatiga ko‘ra 4901 nafarga yetdi, virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan.