O‘zbekistonda 14-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 57 kishiga ko‘payib, 5051 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 38 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 9 tasi Toshkent shahrida aholi orasida;
  • 8 tasi Toshkent viloyatida (shundan 4 tasi aholi orasida, 4 tasi esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolarda);
  • 2 tasi Sirdaryo viloyatida ( 1 tasi aholi orasida, yana bittasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda 1122 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi axborotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 3910 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs sog‘aygan (jumladan, 36 kishi 14-iyun kuni sog‘aydi), 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.