SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa tashuvchisini yana bir bor muvaffaqiyatli uchirdi. Raketa Starlink loyihasi doirasida 58 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi.

Foto: SpaceX

Raketa tashuvchi uchirilganidan, taxminan, 9 daqiqa o‘tib raketaning uchinchi marotaba foydalanilgan ko‘p martalik tayanchi Atlantika okeanidagi Of Course I Still Love You platformasiga qo‘ndirilgan.

Ta’kidlash kerakki, 3-iyun kuni ham Falcon 9 raketa tashuvchisi Florida shtatidagi Kanaveral sahrosidagi kosmodromdan uchirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida Starlink global internet loyihasi doirasida fazoga uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar parvozini o‘zbekistonliklar ham tomosha qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, SpaceX qurilmalarining birinchi guruhi 2019-yil may oyida uchirilgan. Kompaniya rejalariga ko‘ra, 2020-yilda Starlink’ning koinotdagi internet tizimi AQSh va Kanadada ishlashni boshlaydi, 2021-yilga borib butun dunyoni qamrab oladi.