Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 44 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 11 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 7 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Foto: File Photo

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlarning 33 tasi mamlakatning o‘zida, 11 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 40 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlangandi. Kasallanish holatlarining aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan. Bunga epidemiologik surishtiruvdan keyin import qilingan losos balig‘i taxtasida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Fentay hududida, qo‘shni Xebey provinsiyasining Baodin shahrida ham harbiy holat rejimi joriy qilingan. Pekinning to‘rtta hududida epidemiologik xavf darajasi “quyi”dan “o‘rta”ga ko‘tarilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 265 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 379 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 210 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 11 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 106 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 43 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 198 nafarga yetdi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 31 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 3 nafari chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 14 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 774 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlar soni bir kishiga ko‘payib, 279 nafarni tashkil qilmoqda.