17-iyun, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

AQShning Mayami shahrida namoyishga chiqqanida o‘ldirilgan qora tanli Salauning xotirasiga sham ushlab turgan ayol.

Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Xitoyga qarshi namoyishda qo‘lga tushgan Jagran Manchni olib ketayotgan politsiya.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning London shahrida kuchli yomg‘irdan telefon budkasida berkinib turgan erkak.

Foto: PA

Afg‘onistonning Kobul shahrida maxsus qism vakillari diplom topshirish marosimida.

Foto: Reuters

Burkina-Fasoning Uagadugu shahrida xarobalar orasidagi ochiq granit karyerida o‘ynab yurgan qizaloq. Pandemiya sabab maktablar yopiq.

Foto: Reuters

Xitoyning Shenyan shahridagi kechki bozor.

Foto: Getty Images

Tailandning Bangkok shahrida yomg‘ir quyib yog‘gan ko‘chada skuterda ketayotgan ikki yosh.

Foto: Getty Images

Pokistonning Lahor shahridagi bo‘shab qolgan tumanlardan birida cho‘milayotgan g‘ozlar.

Foto: Getty Images

Ukrainaning Kiyev shahrida politsiya xodimlari ultra o‘ng jangarini qo‘lga oldi. U prezident ma’muriyatining binosi oldida namoyish o‘tkazgan.

Foto: EPA

Indoneziyaning Jakarta shahridagi Ragunan hayvonot bog‘ida himoya kiyimlaridagi xodimlar fil qafasi yonida dezinfeksiya ishlarini olib bormoqda.

Foto: EPA

Hindistonning Mumbay shahrida tibbiyot xodimlari va Rashtriya Swayamsevak Sangh (RSS) ko‘ngillilar jamiyati bilan birga koronavirusga test olish uchun bozor ichidan yurib bormoqda.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Hatay shahrida baliqchi Oront daryosiga qarmog‘ini tashlamoqda.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Valensiya shahrida plastik himoya orqali quchoqlashayotgan qarindoshlar.

Foto: EPA

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida 17-iyun, chorshanba kuni Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi doirasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish loyihasi bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

KXDR Keson chegara shahridagi ofisni buzib tashladi. Ushbu ofis 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ikki Koreya davlatlari o‘rtasidagi yagona diplomatik missiyani bajarar edi.

Foto: Reuters

Braziliyaning San-Paulu shahrida politsiyaga qarshi namoyishlar natijasida namoyishchilar barrikadalar uyushtirib, chiqindi qutilarini yoqib yubordi.

Foto: Reuters

Rossiyada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik davom etmoqda.

Foto: Reuters

Xitoyning Shanxay shahridagi savdo markazi eshigi yonida raqs tushayotgan qizaloq.

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Lion shahri yaqinidagi hududda vaksina ishlab chiqaruvchi zavodga bordi.

Foto: Reuters