Ilon Mask SpaceX kompaniyasining Yer atrofi va fazoviy sayohatlar uchun suvda suzib yuruvchi kosmoportlar qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Mask bu haqda Twitter’dagi sahifasida post qoldirgan.

Foto: Reddit

Uning qayd etishicha, kompaniya dastlabki portlarni quradigan xodimlar bo‘yicha saralash ishlarini boshlab yuborgan. Ushbu portlar orqali Starship havo kemasida Yer atrofi, shuningdek, Oy va Marsga sayohatlar amalga oshiriladi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, parvozning dastlabki testi yaqin 2-3 yilda o‘tkazilishi mumkin. Sinovlar muvaffaqiyatli kechadigan bo‘lsa, biznesmen tijorat parvozlarini ham amalga oshirishni boshlaydi.

Maskning suzib yuruvchi kosmoportlari odamlar yashaydigan hududlardan yiroqda, sohildan bir necha kilometr masofa uzoqlikda harakatlanadi. Koinotga uchishni istagan yo‘lovchilar u yerga maxsus kemalarda yetkaziladi.