Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va 18-iyun kuni o‘z uylariga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2130 nafarga yetdi.

Bundan avval poytaxtda 35 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatilgani xabar berilgan edi. Shunday qilib, bugun 68 nafar bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 4199 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 18-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 5730 nafarga yetdi, bemorlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.