O‘zbekistonda 20-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, yana 34 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6153 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 13 nafari Xorazm viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar, 1 nafari aholi orasida);
  • 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar, 4 nafari aholi orasida);
  • 4 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirgacha kasallikka chalinganlardan 4290 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan. 1844 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.