Bo‘ynidan oyoq barmoqlarigacha falajlangan ayol modelga aylandi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

1995-yilda yuz bergan YTH oqibatida Yangi Zelandiyada yashovchi Kler Friman falaj bo‘lib qoldi. Uning onasi mashina haydab ketayotganida uxlab qolgani tufayli avtomobil jarlikka quladi.

Klerning orqa miyasi kuchli jarohat oldi. U bir yil umrini shifoxonada o‘tkazdi. Uchta operatsiyadan keyin Friman bir umrga nogiron bo‘lib qoldi.

Ayol avariyadan keyin besh yil ichida to‘rt marta o‘zini o‘ldirishga uringanini tan oladi. U o‘zini dunyodagi eng xunuk ayoldek his etar hamda yura olmasligidan xafa bo‘lardi.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikni yo‘qotishga 41 yoshli Frimanga Instagram yordam berdi. U xuddi o‘zidek nogiron bo‘lib qolgan insonlar bilan tanishdi, ular bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi.

2018-yilda Klerga Italiyaning Iulia Barton modalar uyidan qo‘ng‘iroq qilishdi. O‘shandan boshlab Friman modellik faoliyatini boshladi. U hatto Milandagi moda haftaligida ham ishtirok etgan.

Foto: Daily Mail