Namangan viloyatida 22-iyun kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan 7 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Tuzalganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 39 yoshda, eng kichigi esa 20 yoshda. Shu tariqa Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 265 nafarga yetdi.

Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4384 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 43 kishiga ko‘payib, 6358 nafarga yetdi, shu kunga qadar mamlakatda koronavirusga chalingan 19 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.