Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilandi. Bu haqda “Koronavirus info” kanali xabar bermoqda.
Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta’minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Mavzuga doir:
- Toshkent shahrida koronavirus aniqlangan “qizil” hududlarga blokpostlar qayta o‘rnatiladi
- O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinni o‘z hisobidan mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ldi
- O‘zbekistondagi bozorlar dezinfeksiya uchun haftada bir marta yopiladi. Supermarketlarda bepul qo‘lqoplar tarqatilishi mumkin
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan jamoat transportida va tadbirkorlik subyektlarida sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini (reydlarni) muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib borish yuklatildi.