AOKA huzuridagi shtabda koronavirus bilan bog‘liq savollar yuzasidan SEOA direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo”

Botirjon Qurbonov 22-iyun soat 12:00 holatiga ko‘ra kasallikdan davolanayotgan 1962 nafar bemorning holatiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davolanayotgan bemorlarning kasallik darajasiga ko‘ra holati:

  • 3 nafari — o‘ta og‘ir;
  • 15 nafari — og‘ir;
  • 125 nafari — o‘rta og‘ir;
  • 1819 nafari — qoniqarli holatda.

Shuningdek, 68 nafarida pnevmoniya aniqlangan.

22-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 43 kishida kasallik aniqlanib, 7 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda shifoxonalardagi bemorlar soni 1998 nafarni tashkil etmoqda.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Jumladan,

  • uy sharoitida — 36 655 nafar fuqaro;
  • statsionar sharoitda — 22 885 nafar fuqaro karantinga olingan.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 600 ta, epid mavsum davomida 1 038 575 ta test sinovi o‘tkazildi.