O‘zbekistonda 23-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6662 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 79 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 14 tasi Xorazm viloyatida (shundan 8 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 tasi esa aholi orasida);
  • 7 tasi Qashqadaryo viloyatida (shundan 3 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 tasi aholi orasida);
  • 9 tasi Toshkent shahrida (shundan 3 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 tasi aholi orasida);
  • 5 tasi Sirdaryo viloyatida, 3 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 3 tasi Andijon viloyatida (shundan 1 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 tasi esa aholi orasida);
  • 3 tasi Toshkent viloyatida (shundan 2 tasi aholi orasida, 1 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida),
  • 3 tasi Namangan viloyatida aholi orasida;
  • 1 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Avval  23-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 35 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, koronavirus infeskiyasi chalingan bemorlarning umumiy soni 6535 nafarga yetgani xabar qilingan. Shu tariqa 23-iyun kun davomida 201 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

23-iyun kun davomida 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4560 nafarni (68 foiz) tashkil etgan.

Hozirda shifoxonalarda 2083 nafar bemor davolanmoqda. Shu kungacha 19 nafar bemor COVID-19 asoratlaridan vafot etgan.