23-iyun kuni Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 70 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4022 holatda qayd etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2411 nafarga yetdi va hududda 1600 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqand viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lgan 52 yoshli ayol bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 384 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda viloyatda 25 nafar bemor davolanmoqda.

Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4520 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6500 nafarni tashkil etmoqda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.