O‘zbekistonda 23-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra yana 35 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 21 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
  • 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) qayd etilgan.

Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6535 nafarga yetdi.

23-iyun kuni O‘zbekistonda 70 nafar bemor kasallikdan sog‘aydi va davolanganlarning umumiy soni 4520 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 1996 nafar bemor davolanmoqda. Shu kungacha kasallik asoratlaridan 19 nafar bemor vafot etgan.