O‘zbekistonda 23-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 kishiga ko‘payib, 6500 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 4450 nafar fuqaro (69 foiz) kasallikdan sog‘aygan.

22-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida jami 2031 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda.Ulardan 15 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.