O‘zbekistonda 24-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 54  kishiga ko‘payib, 6901 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 10 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 14 tasi Toshkent shahrida (shundan 11 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 tasi aholi orasida);
  • 14 tasi Samarqand viloyatida (shundan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 tasi esa aholi orasida);
  • 11 tasi Toshkent viloyatida (shundan 7 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 tasi aholi orasida);
  • 5 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Avval 24-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 92 kishiga ko‘payib, 6847 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Kun davomida 239 ta yangi kasallanish holati qayd etildi va 7-iyundagi kunlik rekord yangilandi. Shu tariqa 24-iyunni ham qo‘shib hisoblaganda iyun oyining o‘zida besh marta: 7-iyun kuni 237 kishida, 16-iyun kuni 230 kishida, 20-iyun kuni 207 kishi, 23-iyun kuni 201 kishida infeksiya aniqlanib, bir kunda kasallanganlar soni 200 nafardan oshgan.

Kun davomida O‘zbekistonda jami 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 4685 nafarni(68 foiz) tashkil etgan.

Hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.