Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida yana 102 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

25-iyun kuni Toshkentda jami 170 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning umumiy soni 2737 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda kun davomida 192 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord qayd etilgan. COVID-19’dan sog‘ayganlarning umumiy soni 4877 nafarni tashkil etmoqda.