O‘zbekistonda 26-iyun kuni yana 125 kishi koronavirusdan sog‘aydi va kasallikdan tuzalganlar soni 5000 nafardan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kasallikdan tuzalganlarning

  • 87 nafari Toshkentda (Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 14 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 34 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 7 nafar);
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 14 nafari Navoiy viloyatida;
  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 2860 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan tuzalganlar soni 141 nafarga yetdi. Ushbu hududda 2 nafar bemor qoldi.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 42 nafarni tashkil etmoqda.

Navoiy viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 237 nafarga yetdi.

Avvalroq Toshkent shahrida 36 nafar bemor kasallikdan sog‘aygani xabar qilingandi. Shunday qilib, 26-iyun kuni shu soatgacha 161 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda O‘zbekiston bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5038 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 26-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 7320 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 20 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.