O‘zbekistonda 27-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 63 kishiga ko‘payib, jami kasallanganlar soni 7490 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 17 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 26 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida);
  • 8 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida);
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida);
  • 3 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida);
  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5038 nafar fuqaro (67 foiz) sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda 2433 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 20 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etgan denovlik ayolda chindan ham koronavirus bo‘lganini Sog‘liqni saqlash vazirligi ayolning o‘limidan 5 kun o‘tib tasdiqlagandi.