O‘zbekistonda 27-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, 131 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 7682 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanganlarning

  • 49 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 45 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida, 32 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
  • 34 nafar Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida);
  • 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda 27-iyun kuni 202 kishi koronavirusdan tuzalib, kasallikdan davolanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi. Hozirgacha kasallikdan 5240 kishi tuzaldi. Koronavirus asoratlaridan 20 nafar bemor vafot etdi.