Sog‘liqni saqlash vazirligi 26-iyun kuni aholi orasida qayd etilgan koronavirus bilan kasallanish holatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Shu kuni 250 holatda kasallik aniqlangan bo‘lib, shundan 25 nafari aholi orasida qayd etilgan. Hududlar kesimida olinsa, Xorazm viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 8 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida esa 1 nafardan.

Jumladan, Toshkent viloyatida yashovchi A.Z.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Qibray tumanida yashovchi S.A.da (tumandagi kolbasa sexi ishchisi), Parkent tumanida yashovchi G.M.da, ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro J.T.da (har ikki holatda ham profilaktika maqsadida namuna topshirgan) va viloyatdagi “G‘ishtko‘prik” chegara posti navbatchi epidemiologi M.S.da kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida Qozog‘istondan qaytgan F.M.da, Buxoro davlat universiteti magistri M.X.da (afg‘onistonlik), Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi R.Yu. va uning 7 nafar oila a’zosida, Urganch tumanida yashovchi X.X.da, Hazorasp tumanida yashovchi M.R.da (bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilgani sababli namuna topshirgan) ham koronavirus tasdiqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini karantin qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 27-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 7551 nafarga yetdi. Ularning 5038 nafari (67 foiz) sog‘aygan, 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.