Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan odamlar soni 10 million kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lum qilgan.

Foto: Global Look Press

Kasallanganlar soni bo‘yicha hali ham AQSh yetakchilik qilmoqda, mamlakatda 2,5 million odamda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1,3 million kishi) va uchinchi o‘rinni Rossiya (633 ming kishi) band etgan.

Dunyo bo‘yicha 499 ming nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. 5 065 000 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

2020-yil 7-iyunda COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketgani, 8-iyun kuni esa koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo miqyosida 7 million nafardan, 16-iyunda COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 8 milliondan ortib ketgan, 23-iyunda esa butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 9 million nafardan oshgandi.