Malavida muxolifot yetakchisi Lazarus Chakvera qayta o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb topildi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Lazarus Chakvera.

Foto: Reuters

Lazarus Chakvera nomzodiga saylovchilarning 58,57 foizi ovoz bergan. Saylovlarda jami 64,81 foiz aholi ishtirok etgan.

Malavida avvalgi saylov 2019-yil 21-mayda bo‘lib o‘tgan, bir yil avval Piter Artur Mutarika g‘alaba qozongan, u 38 foiz ovoz yig‘gandi. Chakvera esa 36 foizlik natija bilan ikkinchi bo‘lgan. Biroq saylovlar natijalari ko‘plab hududlarda qonunbuzilish holatlari kuzatilgani tufayli bekor qilingan.