Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropani AQSh yetakchilik qilmaydigan dunyoga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda u The Guardian nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: “TASS”

“Biz AQSh jahonda hukmron davlat bo‘lishga intilishini anglab ulg‘aydik. Agar AQSh endi bu rolni o‘z xohish-irodasi bilan o‘ynashni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, biz bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak”, — degan u.

Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning Germaniyadagi Amerika kontingentini qisqartirish to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. Ular nafaqat Germaniya va NATOning Yevropa qismini, balki Amerika manfaatlarini himoya qilishga yordam berishini qayd etdi.

Merkel Berlin bundan buyon o‘z harbiy salohiyatini oshirishda davom etishini ta’kidladi.

Germaniya kansleri avval ham AQShga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Xususan, sentabr oyida u Yevropa xavfsizlik borasida o‘zi o‘ylashi kerаkligini, chunki endi AQSh sovuq urush davridagidek ularni avtomatik ravishda himoya qilmasligini aytgan edi.

Ta’kidlash joizki, Oq uyga Tramp kelganidan buyon AQSh jahon jandarmi rolidan voz kechmoqda. Yangi rahbar turli davlatlardagi Amerika kontingentini sekin-asta chiqarib olishni boshladi.