Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 461 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Getty Images

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Nur-Sulton shahri — 56 (1,5 foiz);
  • Olmaota shahri — 40 (1,1 foiz);
  • Chimkent shahri — 16 (1 foiz);
  • Oqmo‘la viloyati — 23 (5,3 foiz):
  • Aqto‘be viloyati — 28 (3,7 foiz);
  • Olmaota viloyati — 19 (2,9 foiz);
  • Atirau viloyati — 22 (1,4 foiz);
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 47 (7,2 foiz);
  • Jambil viloyati — 10 (1,5 foiz);
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 44 (3,3 foiz);
  • Qarag‘anda viloyati — 48 (2,3 foiz);
  • Kostanay viloyati — 8 (1,8 foiz);
  • Qizilo‘rda viloyati — 8 (1,3 foiz);
  • Mang‘istov viloyati — 5 (1,1 foiz);
  • Pavlodar viloyati — 44 (7 foiz);
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 19 (5,6 foiz);
  • Turkiston viloyati — 24 (3,1 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 780 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 738 kishi sog‘aygan, 166 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 14 548 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 28-iyun holatiga ko‘ra, yana 235 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 107 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

  • Chuy viloyati — 45;
  • O‘sh viloyati — 9;
  • O‘sh shahri — 33;
  • Jalolobod viloyati — 15;
  • Issiqko‘l viloyati — 14;
  • Botken viloyati — 13;
  • Norin viloyati — 1.

O‘tgan bir sutka ichida 30 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4748 kishiga yetdi, ularning 47 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2242 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 165 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 616 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 10 674 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 388 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 703 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5799 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 52 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 60 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4391 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirusga chalingan 278 nafar bemor shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.