Germaniyadagi axborot xavfsizligi xizmatlarini mustaqil taqdim etuvchi ERNW tashkiloti yaqinda Huawei‘ning 5G tarmoqlardagi unifikatsiyalangan taqsimlangan shlyuzi (UDG)ni texnik jihatdan tahlil qildi. ERNW’ning ekspertlar bosh auditorlik guruhi dastlabki kodni shu soha standartlari talablariga javob berishi yuzasidan ko‘rib chiqdi. Ilg‘or usul va vositalardan foydalanish yo‘li bilan batafsil hisobot shakllantirildi. Unga ko‘ra, dastlabki kod sifatining yaxshiligi Huawei UDG uchun yetuk va mos PO ishlab chiqarish jarayonini yaratganligining ko‘rsatkichidir. Bu esa Huawei’ning 5G tarmoqlari havfsiz va ishonchli ekanligining yana bir dalilidir.

UDG 5G’ni ham, anan‘viy tarmoqlarni ham qayta ishlay oladigantarmoq konvergent elementi hisoblanadi. “5G Core” tarmog‘ida u “user plane” (UPF) funksiyasi, shuningdek, ma‘lumotlarni uzatish paketlar tarmog‘iga xizmat ko‘rsatuvchi shlyuz sifatida ishlashi mumkin. ERNW Bryusseldagi (Belgiya) “Huawei Cyber Security Transparency Center” markazida UDG komponentlari uchun dastlabki kodni tahlil qildi. Tahlil o‘zida dastlabki kod sifatini aniqlash, shuningdek, POni ishlab chiqishdagi hamroh jarayonlarni ham qamrab oldi. Dastlabki kodning murakkabligi uning yo‘l qo‘yilgan (liminal) qiymatidan quyi ekanligi, kodning dublikatlari kam uchrashi, uchraganda ham o‘rinli joylarda ishlatilishi aniqlandi. Yig‘ish jarayonining obzori barcha binar fayllar kompilyatsiyaning xavfsiz variantlari bilan kompilyatsiyalanganligini, shuningdek, binar ekvivalentlikning maqbul darajalarida qurilganligini ko‘rsatdi. Kodni qayta ishlash hamda tuzatishlarni hujjatlashtirish va boshqarish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va zamonaviy talablarga javob beradi. Texnik obzorning barcha natijalari hisobga olinadigan bo‘lsa, dastlabki kodning sifati Huawei yetuk va dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishning maqbul jarayonini ishlab chiqqanligining yaxshi ko‘rsatkichi sanaladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ko‘p jihatdan 5G’ga bog‘liq bo‘lib qoldi va jahon tahdid va potensial oqibatlarning kuchayganligidan hamda yetkazib berishning global zanjirlarini nazorat ostida ushlab turish zaruratidan kelib chiqib, ularning xavfini kamaytirishni ma‘lumot uchun qabul qildi. Huawei xavfsizlikni ta‘minlash imkoniyatlarini atroflicha o‘rganadi va mijozlar, sohadagi hamkorlar hamda davlat organlari bilan ishlashda ochiq va shaffof yo‘l tutadi.

So‘nggi 30 yil ichida 170 dan ziyod mamlakat va mintaqalarda keng tarqalgan Huawei mahsulotlari va yechimlari xavfsizlik jihatdan o‘z nufuzini saqlab qolgan. Huawei axborot xavfsizligini ta‘minlashning kompleks global tizimini yaratish va uni jorish etishni rivojlantirishning asosiy strategiyalardan biri deb biladi. Huawei axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlarga hamda kiberxavfsizlik imkoniyatlarini yuksaltirish bo‘yicha innovatsiyalarga investitsiyalar kiritishni davom ettiradi. Shuningdek, Huawei aloqa operatorlari, sohadagi sheriklar bilan hamkorlikni kuchaytiradi, 5G’ga ishonchli rivojlanish muhitini yaratish uchun hukumatlar ochiq va shaffof bo‘lishlari lozim.

ERNW Geydelberg (Germaniya)da axborot xavfsizligi sohasida xizmatlarini mustaqil taqdim etuvchi tashkilot hisoblanadi. 2001-yilda asos solingan vaqtdan boshlab, axborot IT xavfsizlikning barcha sohalarida asosiy e‘tibor konsalting va baholash xizmatlarini mustaqil taqdim etuvchilarga qaratilgan. Mijozlarga o‘z xizmalarini taqdim etar ekan, ERNW “dunyoni xavfdan holi qilish”ga harakat qiladi.

Reklama huquqi asosida.