“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Bobillik amaldorlar tarafidan yuborilgan shikoyat: ‘Men kunjut ekilgan dalam uchun yetarli miqdorda suv olmayapman. Kunjut hosili suvsizlikdan nobud bo‘lmoqda. Meni ogohlantirmagansiz deb menga kechroq xabar bermang’. Kunjut hosili nobud bo‘lmoqda. Ibbi Ilabrat bunga guvoh bo‘ldi. Kunjut hosili nobud bo‘ladi va men sizni ogohlantirdim”, – Papirusga yozilgan bitiklar turkumidan, Qadimgi dunyo tarixi borasida podkastlar sayti.

“Sovet paxtasi Amerika paxtasiga qarama-qarshi qo‘yilgan men ko‘rgan yagona poster. ‘Sovet Ittifoqining paxta mustaqilligiga erishishda xirmonni kengaytiraylik’. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda (1931-yil) Sovet Ittifoqi va AQSh munosabatlari yaxshi edi. Afroamerikaliklar O‘zbekistonda bo‘lib, paxta urug‘ini olib kelishgandi”, – Nikita Makarenko, bloger.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. ‘O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’ Prezident farmoni qabul qilindi. Agentlik ushbu hujjatga ko‘ra tashkil etilmoqda”, – Adliya vazirligi Twitter sahifasi.

Tramp qamoqqa olinishi borasida: “Eron hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni Qosim Sulaymoniyning o‘limida ishtiroki sababli qamoqqa olinishini e'lon qildi”, – The Spectator Index Twitter sahifasi.

Prezident Tramp The New York Times nashri o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovlarga qanday javob bergani haqida: “Hech narsa qilmayotgan demokratlarni ogohlantirayotganim uchun uzr so‘rayman. Ichki ijtimoiy so‘rovlarda hozircha yaxshi natijalarga erishyapman. 2016-yilda bo‘lgani kabi The New York Times nashri ijtimoiy so‘rovlari soxta! The Fox News o‘tkazgan so‘rovlar esa mutoyiba! Ijtimoiy so‘rovlar bu latifa! Men saylovda g‘olib bo‘lsam, ular men va saylovchilardan kechirim so‘raydi deb o‘yasizlarmi? Xalq adolatni, tartibni va xavfsizlikni istamoqda!” – Donald Tramp, AQSh prezidenti.

“Tarixiy sana! Bu imzo natijasida Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlar Gruziyada yangi demokratik islohotlar uchun yo‘l ochadi. Bugun bizning barqarorligimiz eng muhimi!”, – Salome Zurabishvili, Gruziya Respublikasining beshinchi prezidenti.

“Shafqatsizliklar sodir etilayotgan bo‘lsa-da, nima uchun odamlar qonuniy hujjatlashtirilgan dalillarni inkor etayotganining ikki sababi mavjud: birinchisi, ular xiyonatchilarga havas qilishadi va ularning dahshatli haqiqatni yashirishlarini yoqlashadi; ikkinchidan, o‘tmishda sodir etilgan shafqatsizliklarni yashirish bilan ular yangi jinoyatlarni sodir etishga umid qilishadi”, – Endryu Stroelin, Xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot faoli.

“AQShda kuniga koronavirus bilan kasallanganlar 100 mingni tashkil qilishi mumkin, deydi Fauchi”, – Metyu Herper, bloger va Twitter foydalanuvchisi.

“Orqadog‘ payg‘ambar yoshiga yetishi munosabati bilan ehson qildi”, – @davletovuz’ning Twitter’dagi sahifasidan.

“16 kunni oilam bilan izolatyasiyada o‘tkazdim. Koronavirusdan tuzalib ketdim. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Issig‘im, yo‘talim, nafas olishdagi qiyinchiligim o‘tib ketdi. Hid bilish va ta’m bilish qaytmoqda. Jismoniy holsizlik sezilmoqda, ammo belgilari kuchsiz” – Azim Azimov, Twitter foydalanuvchisi.

“Hillari Klinton prezident bo‘lganida pandemiya bilan qanday kurashgan bo‘lar edi, tasavvur qila olasizmi?! Kuchli aql sohibasi pandemiyaga qarshi samarali chora ko‘rgan bo‘lar edi. Ona va buvi sifatida u AQShning sog‘liqni saqlash tizimi haqida qayg‘urgan bo‘lar edi!”, – Barbara Streyzand, Gollivud aktrisasi.

Barchaning hafsalisini pir qilayotgan Tramp nima demoqda?

“Men mamlakatdagi yolg‘iz jangchiman”, – Donald Tramp, AQSh prezidenti.

“AQSh va xalqaro tashkilotlar Suriyaga Asad, Rossiya, Eron keltirgan zararlarni qoplash uchun 696 million dollar insonparvarlik yordami ko‘rsatdi”, – AQSh davlat departamentining rus tilidagi sahifasi.

“The New York Times nashri Rossiya Tolibonga amerikalik harbiylarni o‘ldirganlik uchun mukofot to‘lashi haqida yozdi. Rossiya Federatsiyasi bu ma’lumotni feyk xabar deb baholadi. Amerikalik demokratlar esa MRB va Milliy xavfsizlik bu haqida boxabar bo‘lganmi aniqlamoqchi”, – DW radiosi.

“AQShdagi norozilik namoyishlari ortiq qora tanlilar huquqi uchun kurashdan ko‘ra, marksizm va maochilik harakatiga o‘xshab ketmoqda”, – Marko Rubio, amerikalik senator.

https://twitter.com/marcorubio

Jahongir Ergashev tayyorladi.