Endi siz bankning www.ofb.uz sayti orqali onlayn tarzda quyidagi plastik kartalarga buyurtma berishingiz mumkin:

  • Humo
  • Uzcard
  • Visa Classic
  • Mastercad Standard
  • UnionPay

Kartalar sterillangan maxsus konvertlarda to‘g‘ri uyingizga bepul etkazib beriladi.

Aksiya Toshkent (barcha turdagi kartalar) va Samarqand (faqat Uzcard) shaharlarida o‘tkaziladi.

Buyurtmani qanday rasmiylashtirish mumkin?⠀

  1. www.ofb.uz saytiga tashrif buyuring.
  2. Buyurtma bermoqchi bo‘lgan kartani tanlang.
  3. “Buyurtma berish” tugmasini bosing.
  4. Barcha qatorlarni to‘ldiring.
  5. Pasportingizni elektron shaklda biriktiring.
  6. Etkazib berish manzilini ko‘rsating.
  7. To‘lov turini tanlang.
  8. Ro‘yxatdan o‘tish kodini telefoningizga qabul qiling.
  9. Bank mutaxassislarining qo‘ng‘irog‘ini kuting.

Kartangizni OFB24 ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazib, quyidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:

— P2P o‘tkazmalarini amalga oshirish (bir kartadan ikkinchi kartaga pul mablag‘larini o‘tkazish);

— internet orqali tovar va xizmatlarga onlayn to‘lovlar qilish;

— pul o‘tkazmalarini valyutadagi kartangizga tushirib olish;

— so‘mni chet el valyutasiga va chet el valyutasini so‘mga konversiya qilish;

— kreditlarni so‘ndirish;

— 300 turdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirish (mobil aloqa, internet, kommunal to‘lovlar);

— rekvizitlarni to‘ldirib istalgan shartnoma bo‘yicha pul o‘tkazish;

— onlayn omonat rasmiylashtirish.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 200-88-99.

Batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://ofb.uz/about/card-rules

Reklama huquqi asosida.