O‘zbekistonda 2-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 123 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 8904 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

  • 101 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);
  • 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5847 nafar fuqaro (65 foiz) sog‘aygan. 15-mart, ya’ni O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirda mamlakatda 3030 nafar bemorga shifokorlari tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 9 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.