Qirolicha Ebigeyl laqabli o‘n uch yoshli kenguru dunyodagi eng mehribon jonivor bo‘lsa kerak, deb yozadi Esquire. Kenguru har kunini odamlar bilan quchoqlashishdan boshlaydi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ebi bir necha oylik paytida onasini yo‘qotib, hayvonlar boshpanasiga olib kelingan. Jajji kenguru bir necha joyidan jarohatlangan edi.

Ushbu markaz yetim bo‘lib qolgan kengurularga yordam ko‘rsatib, keyin ularni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboradi. Biroq Ebi markazda 13 yildan beri yashaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, kenguruning xotirasi juda yaxshi hamda u o‘ziga g‘amxo‘rlik qiladigan odamlarga boshqacha munosabatda bo‘ladi.

Ko‘pchilik avstraliyaliklar mamlakatda kengurular juda ko‘p deb hisoblaydi hamda ularni go‘sht va terisi uchun ovlaydi.

Ushbu jonivor eksporti mamlakatga yiliga 29 million dollar daromad olib keladi. Bundan tashqari, bu sohada to‘rt mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.