Bahraynda mikroorganizmlar, xususan, koronavirusni yo‘q qila oladigan robot ishlab chiqildi, deb xabar beradi Daily Mail.

Foto: Reuters

Robot 12 tilda gaplashadi, ovozli buyruqlarni bajaradi, yuzni tanish texnologiyasiga ega, tana haroratini o‘lchay oladi.

U viruslarga qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nur bilan ta’sir o‘tkazadi. Yarim soatda mikroorganizmlarni 90 foizgacha o‘ldira oladi. Ultrabinafsha nur mikroorganizmlarning membranasini yorib kirishi natijasida ularda DNK parchalanishi yuz beradi.

Foto: Reuters

Sharqiy Angliya universiteti professori Pol Xanterning fikricha, ultrabinafsha nurlarning viruslarga qarshi ta’siri — yangilik emas. Undan ko‘plab sohalarda foydalaniladi, masalan, ichimlik suvini zararsizlantirishda.

Ayni vaqtda olimlar robotni sanoat sharoitida sinovdan o‘tkazmoqda. Ta’kidlashicha, hozirda robotning ikkita nusxasi ishlab chiqarilgan va Bahrayn tibbiyot muassasalarida ishlamoqda.

Avvalroq Ford politsiyachilar avtomobilida koronavirusni o‘ldiradigan tizimni ishga tushirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.