Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi County Electric nomli ilk elektro miniavtobusni taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek.

Foto: Hyundai

Yangi miniavtobus bir marta quvvatlanish orqali 250 kilometr masofa bosishga qodir. Avtomobilga 128 kVt/soatli litiy-ion-polimerli akkumulyator o‘rnatilgan.

County Electric uzunligi 7,7 metrga teng bo‘lib, uning ichiga 15 nafardan 33 nafargacha yo‘lovchi sig‘ishi mumkin.

Foto: Hyundai

Kompaniyaning ta’kidlashicha, miniavtobus yo‘lovchilar va atrof-muhit uchun maksimal darajada xavfsiz hisoblanadi.

Aprel oyining oxirlarida Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.