Amerikaning Kaliforniya shtati Laguna-Bich shahrida kuchli to‘lqin sohilda fotosessiya qilayotgan kelin-kuyovni to‘satdan okeanga oqizib yubordi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Okeanda cho‘kayotgan odamlarni ko‘rgan o‘tkinchilar shu zahoti qutqaruvchilarni chaqirgan.

Yoshlar sohilga olib chiqilgan, ular jarohatlanmagan. Kelin-kuyov rasmga tushishga tayyorgarlik ko‘rib, to‘lqin ko‘tarilganini sezmay qolgan.