O‘zbekistonda 3-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 kishiga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9199 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

  • 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida);
  • 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3138 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. 15-mart, ya’ni O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.