Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan va surunkali kasalliklardan davolanib kelgan bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. ismli erkak 2-iyul kuni o‘ta og‘ir holatda Toshkentdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemor oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

2-iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkentlik G‘.B. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 28-bemor bo‘ldi.

2-iyul kuni Toshkentda kasallikka chalinish bilan bog‘liq 115 ta holatdan 67 tasi aholi orasida aniqlangandi.

Bungacha O‘zbekistonda 27 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida: