Amerikalik baliqchi singan qarmoq yordamida 90 kilogrammli cho‘rtanbaliqni ushlashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Lared Morning Times nashri.

Foto: Laredo Morning Times

Amerikaning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Jessi Gonsales otasi bilan Rio-Grande daryosiga baliq ovlashga borgan. Erkak ulkan baliqni tutishga muvaffaq bo‘lgan, biroq baliq bilan “kurash” vaqtida qarmoq sinib ketgan.

Baliqchining ta’kidlashicha, cho‘rtanbaliq jon jahdi bilan kurashgan, biroq u baliqni yengishga muvaffaq bo‘lgan. O‘lja qirg‘oqqa olib chiqilganida uning uzunligi 2 metr, og‘irligi esa 90 kilogrammdan ortiqroq ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Laredo Morning Times

Gonsalesning tan olishicha, u tutgan o‘ljasi bilan faxrlanadi va unga baliq tutishni otasi o‘rgatganini qayd etib o‘tgan.

Avvalroq yaponiyalik baliqchi noodatiy baliq tutgani, internet foydalanuvchilari bunday baliq borligiga ishonmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.