“Soyuzmultfilm” boshqaruv raisi Yuliana Slashyovaning ma’lum qilishicha, rossiyalik tomoshabinlar Karlson haqidagi multfilmning davomini ko‘ra olmaydi. Bunga asarning mualliflik huquqiga egalik qiluvchi Astrid Lindgrenning avlodlari bilan kelisha olinmayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan, deb xabar beradi “Film.ru”.

Kadr: “Soyuzmultfilm”

“Karlsonga oid masalani hozircha hal etganimiz yo‘q, chunki Astrid Lindgrenning avlodlari mualliflik huquqi borasida o‘z tushunchalariga ega va biz ular bilan kelisha olmadik. ‘Karlson’ning ruscha davomi bo‘lmaydi. Ta’kidlash kerakki, Rossiya — Karlsonni empatik, zararli, biroq barcha sevadigan mutlaqo ijobiy personajga aylantirgan yagona davlat. Litsenziyani xarid qilgan boshqa biror mamlakat buni uddalay olmagan”, — deydi Slashyova.

Bundan tashqari, studiya 16 yil oldin Yaponiyaga sotib yuborilgan Cheburashka haqidagi multfilmga oid masalani ham hal etmagan. Yaqinda “Soyuzmultfilm” ularning da’volariga qarshi chiqishga qaror qilgan va hozircha vaziyatga biror yechim topilmagan.

Avvalroq “Soyuzmultfilm” “Senimi, shoshmay tur!” multserialining yangi epizodlarini tomoshabinlar uchun qayta taqdim etish rejalashtirilayotganini va u 52 qismdan iborat bo‘lishini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qismlarda bo‘ri jinsi va krossovkada bo‘ladi va sigaret chekmaydi.