Britaniyaning Waitrose supermarketlar tarmog‘i Tailandda yetishtiriladigan kokoslar va ushbu meva ishlatiladigan mahsulotlarni xarid qilishni to‘xtatdi. Bunga mamlakatda o‘z vaznidan og‘ir bo‘lgan mevalarni tashishga makaka maymunlari majburlanayotgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Getty Images

Savdo tarmog‘i rahbariyati Peta Asia tadqiqotlarini o‘rganib chiqib, shu kabi qarorga kelgan. Mazkur tashkilot hayvon huquqlari uchun kurashib keladi.

Aniqlanishicha, maymunlar insonlardan tez harakat qilgani uchun kokos terishga yollanadi. Katta turdagi maymun 1600 ta, odam esa — 80 ta kokos tera oladi.

Biroq primatlar juda achinarli sharoitda saqlanadi. Ular zanjirband qilingan, tishlab olmasliklari uchun tishlari sug‘urib olingan va ko‘pincha o‘z vaznidan ham og‘irroq kokoslarni tashishga majbur bo‘ladi.

Waitrose’ning boykotini boshqa ikkita tarmoq — Boots, Co-op va Ocado ham qo‘llab-quvvatlagan.