Buxorolik koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol D.Sh. 1-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja tashxisi qo‘yilgan.

“Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi SSV xabarida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bemor ayol qaysi kuni vafot etganiga aniqlik kiritmagan.

Buxorolik 35 yoshli ayol O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 31-bemorga aylandi. SSV koronavirusdan vafot etgan barcha bemorlarning ham yoshini keltirmagan. Ammo yoshi keltirilganlari orasidagi eng yoshi buxorolik 35 yoshli D.Sh. ismli ayol bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 30 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida: