Fransiyaning Tuluza universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazdi va karantin shaharlardagi shovqinli ifloslanish darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, karantin vaqtida atrof-muhitning shovqin bilan ifloslanishi 90 foizga kamaygan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Tadqiqot uchun maxsus Silent Cities (Shovqinsiz shaharlar) loyihasi tashkil qilingan. Loyihada ko‘plab davlatlarning shaharlaridagi shovqin darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotda 40 ta mamlakatdan 350 nafardan ortiq ko‘ngilli qatnashgan.

Ko‘ngillilar karantin vaqtida o‘z shahridagi eng shovqinli ko‘chalardan birida 10 daqiqali audio yozgan, keyin esa faylni maxsus portalga joylagan.

Olimlar ma’lumotlarni tahlil qilgan va masalan, Parijdagi ba’zi tumanlarda karantin vaqtida shovqin darajasi 90 foizga kamayganini aniqlagan.

Shovqin darajasining kamayishi avtomobillar va temiryo‘l transporti harakatining to‘liq to‘xtashi natijasida yuz bergan.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shovqin bilan ifloslanishni odam sog‘lig‘i uchun havo ifloslanishidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan xavfli omil sifatida belgilagan. Har beshinchi yevropalik doimiy ravishda shovqinli ifloslanishga duchor bo‘ladi, bu esa salomatlik, psixika va hayot tarziga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi ekspertlar tadqiqotida.