O‘zbekistonda 4-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95 kishiga ko‘payib, 9500 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 27 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida,
  • 35 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida),
  • 25 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida),
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 6251 nafar bemor (65 foiz) sog‘aygan. Shu paytga qadar 29 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Hozirda mamlakatda 3220 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha umumiy hisobda 1 246 691 ta test o‘tkazildi.